Главная » 2020 » Февраль » 13 » Andijonda o‘smir qizni poyezd urib ketdi
19:29

Andijonda o‘smir qizni poyezd urib ketdi


Andijonning Izboskan tumanida yuk poyezdi 2003-yilda tug‘ilgan qizni urib ketdi. Bu haqda Farg‘ona transport prokuraturasi “Daryo”ga xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 11-fevral kuni soat 09:57 da Kuyganyor—Poytug‘ bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Qayd etilishicha, Izboskan tumanidagi maktabning 8-sinfida o‘quvchi qiz dugonasi bilan temiryo‘l bo‘ylab suhbatlashib kelayotgan bo‘lgan hamda teplovozning ogohlantirish signaliga e’tibor bermagan.

Teplovoz keskin tormoz berib to‘xtayotgan vaqtida o‘smir qiz ehtiyotsizligi sabab teplovozning chap narvoniga urilib ketgan.

Jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilganida unga bosh miya chayqalishi va bosh tepa qismida 2 santimetr yoriq bo‘lgan jarohat aniqlangan. O‘smir qizga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘sha kunning o‘zidayoq uyiga javob berilgan.

Qayd etilishicha, ushbu holat prokuratura nazoratiga olinib, Andijon viloyati IIB TXTB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя