Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Andijonda voyaga yetmagan qizning 65 yoshli erkak tomonidan zo‘rlanishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi
11:45

Andijonda voyaga yetmagan qizning 65 yoshli erkak tomonidan zo‘rlanishi yuzasidan yangi tafsilotlar ma’lum qilindi


Avvalroq  Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida 16 yoshli voyaga yetmagan qiz qo‘shnisi, 65 yoshli erkak tomonidan muntazam zo‘rlab kelingani haqida yozilgan edi. Bu haqda qizning onasi ma’lum qilgandi.

Viloyat huquq tartibot organlari tomonidan ushbu holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Xabar qilinishicha, qizning onasi 26 sentyabrda holat yuzasidan murojaat qilgan. Uning arizasi o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatga olinib, tergov harakatlri boshlab yuborilgan. Tergov davomida hodisa yuzasidan sudga oid tibbiy,fizika-texnika va psixiatriya ekspertizalari o‘tkazilgan va uning natijasiga ko‘ra, fuqaro F.YU. voyaga yetmagan M.A. bilan 2018 yildan buyon jinsiy aloqada bo‘lib kelgani ma’lum bo‘lgan. Erkak qizning 16 yoshga to‘lmaganini bilsa-da, u bilan jinsiy aloqaga kirishgan.

Ushbu holat yuzasidan erkakka nisbatan shu yil 4 noyabrda JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ma’lum qilindi, qizning, tafsilotlar, voyaga yetmagan, zo‘rlanishi, Andijonda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя