Главная » 2020 » Март » 31 » Andijonlik ayol erining qotilligini fosh qildi
10:43

Andijonlik ayol erining qotilligini fosh qildi


Andijon shahrida qotillik jinoyati fosh qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘ttiz to‘rt yoshli fuqaro o‘zaro janjal natijasida U. U. o‘zining tug‘ishgan opasi Sh. U.ni (1979-yilda tug‘ilgan) bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirib qo‘ygach, jinoyatini yashirish maqsadida jasadni uy ichidagi xonalarning biriga ko‘mib tashlagan. E’tiborlisi - jinoyat 2018-yilning dekabr oyida yuz bergan bo‘lib, U.U.ning turmush o‘rtog‘i IIBga murojaat qilganidan keyin kecha - 30-mart kuni fosh etildi.

Ayni paytda holat yuzasidan JKning (Jinoyat kodeksi) 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.U. hisbga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя