Главная » 2020 » Октябрь » 31 » Andijonlik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi
09:39

Andijonlik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi


30-oktabr kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi To‘xtaqulovlar oilasida bir yo‘la to‘rt egizak dunyoga keldi. Bu haqda viloyat SSB Perinatal markazi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Paxtobod tumani Boyto‘pi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 23 yoshli Zarifaxon To‘xtaqulova kesarcha kesish yo‘li bilan ikki o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan.

Ta’kidlanishicha, chaqaloqlar zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan va kerakli muolajalar boshlangan. Hozirgi vaqtda onasi kattalar jonlantirish bo‘limida, chaqaloqlarning ahvoli esa qoniqarli.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi qiz 1805 gramm, ikkinchisi o‘g‘il — 1890 gramm, uchinchi qiz — 1650 gramm, to‘rtinchi o‘g‘il esa 1655 gramm og‘irlikda tug‘ilgan.

Chaqaloqlarga qanday ism qo‘yilgani to‘g‘risida hozircha ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Namangan va Bekobodda ham to‘rt egizak dunyoga kelgan edi. Bekobodda tug‘ilgan egizaklarning ota-onasiga 3 xonali uy sovg'a qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dunyoga keltirdi, Ayol, Andijonlik, egizakni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя