Главная » 2021 » Июнь » 29 » Angliya 55 yil deganda Germaniyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi
23:43

Angliya 55 yil deganda Germaniyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi


Yevropa-2020 chempionatining 1/8 finalida Angliya terma jamoasi Germaniya terma jamoasi bilan uchrashdi. O‘yin Londonda (Angliya) «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi va ingliz jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 75-daqiqasida Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilish chap qanotdan uzatmani amalga oshirdi, ingliz himoyachisi Lyuk Shou yugurib kirib, to‘pni darvozabon tomonga oshirdi — hujumchi Raxim Sterling raqibini dog‘da qoldirib, to‘pni darvoza to‘riga joylab qo‘ydi. 86-daqiqada hujumchi Garri Keyn Angliya terma jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa Angliya terma jamoasi Yevro-2020 chorak finaliga chiqdi. Germaniya terma jamoasi esa musobaqani tark etdi. Yevropa chempionatining chorak finalida Angliya Shvetsiya — Ukraina juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Angliya 1966-yilgi Jahon kubogi finalidan beri birinchi marta Germaniyani Jahon chempionati/Yevro pley-off bosqichida mag‘lub etdi.

O‘shanda inglizlar Jahon chempionati finalida (4:2) G‘arbiy Germaniyani mag‘lubiyatga uchratishgan. Angliya ushbu davr ichida ketma-ket to‘rt marta pley-off bosqichida Germaniyaga mag‘lub bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: chorak, Angliya, mag‘lub, Germaniyani, finalga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя