Главная » 2020 » Июль » 11 » Angliya futboli afsonasi vafot etdi
20:22

Angliya futboli afsonasi vafot etdi


Angliya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Jek Charlton juma, 10-iyul kuni vafot etdi. Bu haqda «Lids» klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Jek Charlton 85 yoshda edi.

«Lids Yunayted» klub yulduzi Jek Charlton uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 85 yoshida olamdan o‘tganidan chuqur qayg‘uda»,— deyiladi xabarda.

Charlton «Lids»ga 23 yil umrini bag‘ishlab, rekord darajada ko‘p — 773 ta o‘yin o‘tkazgan. Jamoa bilan birga Angliya chempionligi (1969-yil) va Kubogi (1972-yil)ni qo‘lga kiritgan. Jek Charlton Angliya va jahon futboli tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri edi.

Ma’lumot uchun: Jek Charlton — Angliya futbolining yana bir yulduzi Bobbi Charltonning akasi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: vafot etdi, afsonasi, Angliya futboli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя