Главная » 2020 » Декабрь » 22 » Angliyada 30 yoshli erkak tug‘ilgan kunida do‘stlarining omadsiz hazili oqibatida vafot etdi
11:54

Angliyada 30 yoshli erkak tug‘ilgan kunida do‘stlarining omadsiz hazili oqibatida vafot etdi


Angliyaning Sharqiy Yorkshir grafligida do‘stlarining qo‘pol hazili sabab tug‘ilgan kunini nishonlayotgan 30 yoshli Saymon Xolder vafot etdi, deb xabar beradi Daily Star.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz o‘zining 30 yoshga to‘lganini do‘stlari bilan katerda sayr qilib nishonlamoqchi bo‘lgan. Qaysidir onda ular tug‘ilgan kun egasi bilan hazillashishga qaror qilib, uni suvga itarib yuborgan. Saymon suv yuzasiga suzib chiqqan, biroq katerga chiqmoqchi bo‘lganida, suzish parragiga ilashib qolgan.

Erkakni parrak harakati to‘xtaganidan keyingina suvdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. U oyog‘idagi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Amalga oshrilgan barcha zaruriy muolajalarga qaramay, uning hayotini saqlab qolishni imkoni bo‘lmagan. Saymon ko‘p miqdorda qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan.

Huquq-tartibot organlari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan tergov ishlarini yakunlagan. Natijada Xolder baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida xulosaga kelingan.

Avvalroq xitoylik kelin to‘y fotosessiyasi vaqtida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Omadsiz, vafot etdi, Angliyada, Erkak, tug‘ilgan kunida, do‘stlarining, hazili | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя