Главная » 2020 » Ноябрь » 23 » Angliyada qachondan boshlab muxlislar stadionlarga kiritilishi ma’lum qilindi
22:07

Angliyada qachondan boshlab muxlislar stadionlarga kiritilishi ma’lum qilindi


Angliyada karantin qoidalari yumshatilishi fonida 2-dekabrdan boshlab stadionlarga tomoshabinlar kiritilishiga ruxsat berilishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar qilmoqda.

Hududlar uchta toifaga bo‘lingan. Yashil hududlarda ochiq havoda joylashgan sport inshootlariga 4 mingdan ortiq bo‘lmagan muxlis kiritiladi. Sariq hududlarda esa 2 minggacha bo‘lgan tomoshabin stadionga kirishi mumkin bo‘ladi. Xavflilik darajasi yuqori hududlarda esa tadbirlar tomoshabinlarsiz o‘tishda davom etadi.

Manbada ta’kidlanishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tez orada ushbu qoidalarni rasman ma’lum qiladi.

Ta’kidlanishicha, Premyer Ligasi faqat ikkita klubi — “Brayton” va “Sauthempton”ga o‘z stadionini to‘liq to‘ldirishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliyada so‘nggi bor mart oyida tomoshabinlar futbol o‘yiniga qo‘yilgan. Keyinchalik koronavirus tufayli bahslar muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: muxlislar, kiritilishi, Angliyada, stadionlarga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя