Главная » 2017 » Август » 21 » Angliyada SHavkat Mirziyoevning nutqi maxsus risola shaklida chop etildi
11:36

Angliyada SHavkat Mirziyoevning nutqi maxsus risola shaklida chop etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda (Toshkent, 2017 yil 15 iyun) so‘zlagan nutqida tilga olingan g‘oya va fikr-mulohazalar xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlatimiz rahbarining mazkur nutqi xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy-akademik va ekspert-tahlil doiralari o‘rtasida arab va ingliz tillarida keng tarqatilgani bunga ko‘p jihatdan ko‘maklashdi.


O‘tgan davr mobaynida J.Vashington nomidagi universitet (AQSh), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Tyubingen, Osnabryuk, Myunster, Frankfurtdagi Gyote universitetlari huzuridagi islom dinshunosligi tadqiqotlari markazlari va institutlarida (Germaniya), Jamiya Milliya Islamiya universiteti (Hindiston), Kuvayt universiteti, Malayziya Islom ilmiy universiteti hamda Islomobodda joylashgan Islom hamkorligi tashkilotining Ilm-fan va texnologiyalar bo‘yicha doimiy qo‘mitasida 200 nafardan ziyod ekspert va mutaxassislar ishtirokida ushbu mavzuga doir 20 ta brifing va seminarlar bo‘lib o‘tdi.

Tahlil va tadqiqot doiralari vakillaridan iborat bo‘lgan mazkur tadbirlarning ishtirokchilari O‘zbekistonda islom dini sofligini saqlash, milliy qadriyatlarni qayta tiklash, buyuk ajdodlar xotirasini hurmat qilish va ular qoldirgan bebaho merosni avaylab-asrash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida mamlakatimizda millatlararo va dinlararo tinchlik va hamjihatlik hukm surayotganini alohida qayd etishlari barobarida bu hozirgi osoyishta bo‘lmagan zamonamiz uchun katta muvaffaqiyat ekanligini, O‘zbekiston tajribasi munosib darajada o‘rganishga va boshqalar tomonidan ham qo‘llanishga loyiq ekanligini bir necha bor ta’kidladilar.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoevning Toshkent anjumanidagi mazkur nutqi maxsus risola shaklida ham chop etildi. Unga Markaziy Osiyo bo‘yicha Kembrij forumining raisi, professor Sidxart Saksena so‘zboshi yozgan. Olimning qayd etishicha, mazkur risola Markaziy Osiyoga ixtisoslashgan tadqiqotchilar, insoniyat oldida turgan zamonaviy ijtimoiy va diniy xavf-xatarlar hal etilishi yo‘llarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi.

S.Saksenaning yozishicha, “xuddi tarixiy o‘tmishda bo‘lgani singari hozirgi paytda ham O‘zbekistonda turli etnik qatlamlar o‘rtasida uyg‘unlik va hamjihatlik an’analarining mavjudligi mamlakatga ijtimoiy barqarorlikka hamda davlat qurilishiga noyob, innovatsiyaga asoslangan yondashuvlar qo‘llanilishini yanada rivojlantirish imkonini bermoqda”.

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: maxsus risola shaklida, Angliyada SHavkat Mirziyoevning nut, barqarorli, chop etildiO‘zbekiston Respublikasi, ijtimoiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя