Главная » 2020 » Январь » 15 » Angliyadagi qishloqqa 6 yildan beri pul solingan paketlar tashlab ketishadi. Politsiya bu ishni kim qilayotganini aniqladi
07:16

Angliyadagi qishloqqa 6 yildan beri pul solingan paketlar tashlab ketishadi. Politsiya bu ishni kim qilayotganini aniqladi


Angliyaning Darem grafligi politsiyasi Blekxoll-Kolyeri konchilar qishlog‘i aholisiga pul solingan paketlarni hadya qilgan sirli insonning shaxsini aniqlashga olti yil harakat qildi, deb xabar berdi Meduza.

Har bir paketda ikki ming funt sterlingga yaqin pul bor edi. Mahalliy aholi vakillari 2014-yildan beri hammasi bo‘lib 13 ta ana shunday paketni politsiyaga topshirgan. Politsiyachilar noma’lum saxiy insonning shaxsini banklar orqali aniqlashga urindi, barmoq izlarini tekshirdi. Biroq barcha urinishlar besamar ketdi.

Biroq dekabr oxirida Rojdestvo bayrami arafasida homiylar o‘zlarini oshkor qildi. Ular politsiyada o‘zlaridan boshqa hech kim javob bera olmaydigan savollarga javob berishiga to‘g‘ri keldi. Qahramonlar anonimlikni saqlab qolishni so‘radi. Ular ushbu ishni e’tibor va minnatdorlik uchun qilmayotganini aytgan. Faqatgina saxiy insonlarning ushbu qishloqda yashamasligi ma’lum.

Noma’lum saxiy insonlar bir necha yil avval to‘satdan boyib ketgan. Shunda ular ortiqcha pullarini Blekxoll-Kolyeri aholisiga sovg‘a qilishga qaror qilgan. Homiylardan biri ayol kishi ekanligi aytilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qishloq aholisi ayolga qandaydir yordam ko‘rsatgan, shu bilan konchilar qishlog‘i odamlari uning mehrini qozongan.

Homiylar dastlab bir-biridan alohida faoliyat yuritgan, keyinchalik kuchlarni birlashtirgan. Ular paketni muayyan joyda qoldirib, panaroq joyda uni olib ketishlarini kutib turgan.

Politsiya ushbu sirli holat oshkor bo‘lganidan xursand. Shuningdek, Blekxoll-Kolyeri aholisining vijdonliligi bilan faxrlanishini ma’lum qilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя