Главная » 2020 » Август » 13 » Angliyalik erkak o‘lganidan uch yil o‘tib ota bo‘ldi
10:06

Angliyalik erkak o‘lganidan uch yil o‘tib ota bo‘ldi


Angliyaning Bristol shahrida istiqomat qiluvchi ayol uch yil oldin vafot etgan eridan sun’iy urug‘lantirish yo‘li orqali egizak farzandlarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Lyusi Kelsoll Devidga 2012 yilda turmushga chiqqandi. Er-xotin darhol farzand ko‘rishga harakat qilishmadi. Ammo keyinroq Devidga dahshatli tashxis qo‘yildi — saraton. Shundan so‘ng er-xotin embrionlarni muzlatishga qaror qilishdi, maqsad eri o‘lgan taqdirda Lyusi EKO usuli orqali homilador bo‘lishi kerak edi.

2017 yilda Devid bo‘ynidagi o‘simta tufayli vafot etdi. «O‘limidan bir necha kun oldin men unga farzand hadya qilaman dedim, — deb eslaydi 37 yoshli Lyusi. — Bu uni juda xursand qildi. U ajoyib ota bo‘lardi.

2019 yilda ikkinchi EKOdan so‘ng, Lyusi egizaklarga homilador bo‘ldi. Bolalarga Devid va Samuel deb ism qo‘ydi. “Men har kuni bolalarga otalari haqida aytib beraman. Bundan tashqari, menda Devid bilan tushgan suratlarim yig‘ilgan foto albom bor, — deydi Lyusi. — Farzandli bo‘lganimiz Devid abadiy qalbimizda qolishini tasdiqladi".


Manba: "aniq.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: ota bo‘ldi, angliyalik, uch yil o‘tib, o‘lganidan, Erkak | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя