Главная » 2020 » Декабрь » 26 » Angliyaning «Sanderlend» klubi yangi xo‘jayin — 22 yoshli milliarderga o‘tmoqda
13:40

Angliyaning «Sanderlend» klubi yangi xo‘jayin — 22 yoshli milliarderga o‘tmoqda


22 yoshli milliarder Kirill Lui-Dreyfus Angliyaning «Sanderlend» klubi yangi xo‘jayiniga aylanmoqda, yozmoqda «Championat.com».
«Sanderlend» — garchi hozir uchinchi divizionda to‘p sursa-da, Angliyaning top-klublari bilan to‘qnashuvlarda oxirigacha kurashishi bilan muxlislarning yoqimtoyiga aylangan. Kirill Lui-Dreyfus jamoa aksiyalari nazorat paketini Styuart Donalddan sotib olyapti. Bitim Angliya futbol ligasi rahbarlarini qoniqtirsa, kuchga kiradi.
Kirill — «Adidas» kompaniyasi bosh direktori Robert Lui-Dreyfusning uch o‘g‘lidan biri. 2009-yilda vafot etgan Robert Lui-Dreyfusning boyligi €2 mlrd.ga baholangandi. Kirillning onasi Margarita Dreyfus (Bogdanova) 1962-yili Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. 2020-yil noyabrida «Forbes» Margarita Dreyfusning boyligini $5,6 mlrd.ga baholagan.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: milliarderga, xo‘jayin, Sanderlend, Angliyaning, o‘tmoqda, klubi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя