Главная » 2020 » Ноябрь » 21 » Angrenda besh kishi harakatlanayotgan teplovozdan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi
09:49

Angrenda besh kishi harakatlanayotgan teplovozdan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi


Toshkent viloyatida besh nafar noma’lum shaxs yurib ketayotgan teplovozdan ko‘mir o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni Olmaliq kon metallurgiya kombinatining Angren shahridagi filialiga tegishli ko‘mir ortilgan 50 vagonli yuk poyezdi to‘rttasini uzib qoldirish uchun “Obliq” temir yo‘l bekatida to‘xtagan. Uzib qolingan vagonlar belgilangan manzilga olib borish uchun teplovozga ulangan. Yuk poyezdi harakatlangan vaqtda 5 nafar noma’lum shaxs vagonga osilib, ko‘mir mahsulotini talon-toroj qilishga uringan.

Vazkur holatni ko‘rgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Ohangaron o‘qchilik komandasi o‘qchisi vagonga chiqqan noma’lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to‘xtatgan. Teplovoz to‘xtagan vaqtda ushbu noma’lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan. 

Hozirda mazkur noma’lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘mir, Angrenda, o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi, teplovozdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя