Главная » 2020 » Февраль » 8 » Antarktidada favqulodda yuqori harorat qayd etildi
21:19

Antarktidada favqulodda yuqori harorat qayd etildi


Antarktidada bu hudud uchun juda yuqori bo‘lgan anomal harorat qayd etildi. Bu haqda RIA Novosti axborot nashri xabar berdi.

Argentinaning Marambio meteorologik bazasi kapitani Maurisio Nikolas Laurisining aytishicha, 6 yanvar kuni Esperansa ilmiy-tadqiqot stansiyasida harorat +18,3°C gacha ko‘tarildi.

Ta’kidlanishicha, bu 1961 yildan keyingi tarixiy rekorddir. Laurisining so‘zlariga ko‘ra, bunday ob-havo yana bir hafta saqlanib qoladi.

Argentinaga qarashli boshqa bir Marambio stansiyasida esa 14,1°C harorat qayd etildi. 

Janubiy yarimsharning eng janubida joylashgan Antarktida materigi 14 million kvadrat kilometr maydonga ega bo‘lib, deyarli butun hududi qor va muz bilan qoplangan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat −10°C dan −60°C gachani tashkil etadi. Jahon Meteorologiya Tashkilotining (JMT) ma’lumotlariga ko‘ra, Antarktida materigining bir qismi bo‘lgan Antarktika yarimorolida harorat tezlik bilan ko‘tarilib boryapti. Bu yerda so‘nggi 50 yilda o‘rtacha havo harorati qariyb 3°C ga oshgan. 


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя