Главная » 2021 » Октябрь » 6 » Antarktidada g‘alati, gigant “gumbaz” topildi
15:05

Antarktidada g‘alati, gigant “gumbaz” topildi


Antarktidada Google Earth sun’iy yo‘ldoshi tomonidan g‘alati, gigant “gumbaz” suratga olindi. Bu haqda “Daily star” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 66 36 14 S/99 43 40 E koordinatali nuqtada sovuq qit’adagi qoyalar va qorlar orasida g‘alati narsa aniq ko‘rinib turadi. Ushbu holat tadqiqotchilar tomonidan YouTube’da videorolik shaklida e’lon qilingan. 

“Siz bu yerda gumbazga o‘xshash narsani ko‘rishingiz mumkin, yon tomonidan esa u diskka o‘xshaydi. Men unga qandaydir shamollatish vositasi sifatida qarayman, biroq bu katta yerga yopishgan disk ham bo‘lishi mumkin”, deydi tadqiqotchi. 

Tadqiqotchi, shuningdek qoyada shakllanayotgan ikkinchi jism haqida ham fikr bildirgan.

“Gumbazning o‘ng tomonida qor va muzga o‘xshash teshik mavjud. Bu dumaloq “gumbaz” yonidagi katta maydonga o‘xshaydi. Ushbu hodisani videoda ko‘rgan 40 mingdan ortiq kishi hayratda. Google Earth tomonidan topilgan ushbu sirli gumbaz nima ekanini hali hech kim tushuntirib bera olmadi”, deydi u.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Antarktida, Gigant, g‘alati, gumbaz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя