Главная » 2020 » Март » 24 » Antiseptik xususiyatga ega 5 ta tabiiy mahsulot
09:03

Antiseptik xususiyatga ega 5 ta tabiiy mahsulot


O‘zida antiseptik xususiyatni mujassamlashtirgan tabiiy mahsulotlar haqida eshitganmisiz? Tarkibida tanin, glikozid va fitonsid bo‘lgan mahsulotlar tabiiy antiseptiklar deb ataladi va ular mikroblar ko‘payishining oldini oladi, deb yozadi Cosmopolitan.

Rukkola

Rukkolani yilning istalgan faslida topish mumkin. Biroz achchiq mazaga ega ushbu o‘simlik tarkibida mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega efir moylari, fitonsid va glikozidlar bor.

Rukkoladan turli salatlar tayyorlashda foydalanish mumkin. Uni go‘shtli va baliqli taomlar bilan ham istemol qilsa bo‘ladi.

Ananas

Ushbu ekzotik meva bir necha vitaminlarga ega bo‘libgina qolmay, mikroorganizmlar bilan ham yaxshi kurashadi.

Bundan tashqari, ananasda oqsillarni hazm qilishga ko‘maklashuvchi bromelain fermenti ham mavjud. Shuning uchun hozirgi paytda ananas yeb turishning koni foyda.

Dolchin

Ushbu xushta’m ziravor taomlarga hid va maza beribgina qolmay, antibakterial va shamollashga qarshi xususiyatga ega.

Dolchinni pishiriqlarga solish mumkin, qahva va choy bilan birga ichish mumkin. Dunyoda dolchinning ikki turi bor: Seylon dolchini va kassiya.

Seylon dolchini Hindistonning janubiy hududlari va Shri-Lankada o‘sadi. Aynan Seylon dolchini eng foydali hisoblanadi. Kassiya esa dorixonalarda sotiladi, uning tarkibida turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi kumarin moddasi mavjud. Shuning uchun kassiya dolchinini iste’mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak.

Limon

Shamollaganda uy sharoitida davolanish chog‘ida limon bizga yordamga kelishi bejiz emas. Limon tarkibida fitonsidlar bo‘lib, ushbu modda antiseptik xususiyatni ta’minlaydi.

Bundan tashqari, limonda C, A, B1, D va P vitaminlari mavjud.

Limon qaynoq choyga solinsa, u foydali xususiyatlarini yo‘qotadi, shuning uchun limonli choy tayyorlash uchun choyning biroz sovishini kuting.

Piyoz

Tarkibidagi fitonsid tufayli piyoz eng kuchli antiseptiklardan biri hisoblanadi.

Piyoz mikroorganizmlarni o‘ldiradi, immunitetni oshiradi, qonni tozalaydi. Piyozni salatlarga soling, ovqatga ishlating. Uni qancha ko‘p yesangiz, shamollash va viruslar sizdan shuncha uzoq bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя