Главная » 2018 » Июнь » 8 » Anvar qori tirikmi?
08:39

Anvar qori tirikmi?


Ikki oydirki Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov insult xastaligini boshdan kechirgach, shifoxonada yotibdi. “Qalampir.uz”ning shaxsiy manbalari yetkazgan ma’lumotlarga qaraganda u hamon komada.

7 iyun, payshanbadan jumaga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Bugun tongda ijtimoiy tarmoq ta’ziyanomalarga to‘lib, toshdi. Ularda aytilishicha, Anvar qori Tursunov vafot etgan, janozasi bugun, juma namozidan keyin o‘tkaziladi.

Tarqalgan xabarlarni aniqlash maqsadida “Qalampir.uz” shoir Muhammad Ismoil, O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamda Anvar qori Tursunov istiqomat qilayotgan "Yangiobod" mahallasi faollari bilan aloqaga chiqdi. Biroq hech bir manba qorining vafotini tasdiqlagani yo‘q.

Boshqa manbalarga ko‘ra, bir hafta avval mahallada, xususan Anvar qori Tursunov xonadoni atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida ham qorining vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq rasmiylar ushbu xabarlarni rad etdi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Anvar qori Tursunovga mustahkam sog‘lik tilaymiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Anvar qori, tirikmi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя