Главная » 2018 » Апрель » 28 » Anvar qori Tursunov 19 kundan buyon komada yotgani ma’lum bo‘ldi
16:12

Anvar qori Tursunov 19 kundan buyon komada yotgani ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahar va «Minor» masjidi bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov 19 kundan buyon komada yotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o‘zining Facebook-sahifasida yozib qoldirgan.

«Mana o‘n to‘qqiz kunki, ulug‘ ustozimiz, zamonamizning allomai kiromi, donishmand inson Anvar qori Tursun o‘zlariga kelolmay, koma holatida yotibdilar. Juma namozida duo qilinglar, azizlar! Anvar aka halol, pokiza, to‘g‘riso‘z va hamisha, hammavaqt hammaga yaxshilik qilish payida yashaydigan, kechayu kunduz elimizni, millatimizni duo qilib charchamaydigan, ilmi urfon tarqatishni o‘z hayotining mazmuni, deb biladigan, hayotining bosh maqsadi islom ahkomlarini keng yoyish, kishilarni Qur’on va hadis nurlari bilan ziyolantirish, Qur’on asosida yashashni oliy martaba, deb bilgan va Yer yuzida bugun istiqomat qilayotgan eng ulkan ulamolardan bittasidir.

Men qariyb o‘ttiz yildan buyon u kishining yonlarida yurib, yuqorida aytgan so‘zlarimga ming bor iqror bo‘lganman. Men uchun, Anvar aka do‘stim desam, do‘stimdan a’lo, aka desam, akamdan a’lo, ustoz desam, ustozdan a’lo insondir. Anvar aka musulmon bandasi borki, hamisha hammasiga cheksiz ehtirom ko‘rsatadigan, qalbi mehru muhabbatga to‘liq mehridaryo insondir.

Azizlar, muhtaram ustozimizni duo qilishingizni o‘tinib so‘rab qolaman! Biz yillar davomida Anvar akaning ilmu ziyosiga muhtoj edik, bugun u zot sizning duoingizga muhtoj, zora Sizning duoingiz sabab Olloh taolo shifoi komil ato etsa, ajab emas. Zero, yomg‘ir bilan Yer ko‘karar, duo bilan el ko‘karar! Ollohim, ustozimizga sog‘lik salomatlik ato et, O‘zing buyuksan, O‘zing qudratli Parvardigorsan Ollohim!», – deb yozadi shoir.

Avvalroq Anvar qori Tursunov mikroinsultni boshdan kechirgani ma’lum qilingan edi. KUN.UZ tahririyati u kishini tezroq sog‘ayib ketishini, oila a’zolari va do‘stu shogirdlari oldiga sog‘lom qaytishlarini tilab qoladi. Azizlar, haqiqatdan ham duoda kuch ko‘p. Birimizniki bo‘lmasa, birimizniki, albatta, qabul bo‘ladi. Duo qilaylik, Yaratganning o‘zi duoimizni ijobat qilsin.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: yotgani, ma’lum bo‘ldi, komada, 19 kun, buyon, Anvar qori Tursunov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя