Главная » 2017 » Январь » 26 » Anvar Sobirov ko‘zida yosh bilan onasini xotirladi
16:08

Anvar Sobirov ko‘zida yosh bilan onasini xotirladi


 

Xabaringiz bor, 22 yanvar kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov hamda xonanda Anvar Sobirovning onasi Bekposhsha aya 79 yoshida vafot etdi.
 
Bugun, 26 yanvar kuni, Anvar Sobirov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali onasiga bo‘lgan sog‘inchi unga g‘oyibona murojaat qilgani haqida izoh qoldirdi.
 
“Har safar Xorazmdan Toshkentga, uyga qaytayotganimda onamning xonalariga kirib, duolarini olib, bag‘rimga bosib, yuzlaridan o‘pib-o‘pib xayrlashib qaytardim. Onam esa duo so‘ngida menga “Eson-omon keldim, deb qo‘y bolam, xotirjam o‘tiray”, deb qolardi...
 
Bugun ham kirdim. Ming afsuslar bo‘lsinki, endi bu nurli xona bo‘m-bo‘sh...
 
 
Baribir onam bilan g‘oyibona gaplashdim, xayrlashdim, Yaratgandan yig‘lab duolar qildim, onamning ruhlari shod bo‘lsin deb...
 
Eh, yuragim bir parcha buyumga aylanib qolgandek, nazarimda. Kimlardir, nimalardir ovutganday bo‘ladi, lekin tatimaydi, dardim, sog‘inchim ich-ichimda...
 
Mana, Yaratganga shukur, eson-omon yetib keldim. Ammo onam mendan hali ham xavotir olib yotgandir deb, garchi endi u raqam ishlamasa ham onamga qo‘ng‘iroq qilib, “ona men keldim dedim”, deb yozadi iztirob bilan Anvar Sobirov.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bilan, onasini xotirladi, Anvar Sobirov, ko‘zida yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя