Главная » 2021 » Октябрь » 9 » APLda ishkal: 19 ta klub bosh ko‘tardi
17:00

APLda ishkal: 19 ta klub bosh ko‘tardi


Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi Angliyaning "Nyukasl" futbol klubining 100 foiz aksiyalarini sotib olib, jamoa yangi egasiga aylandi.

Fond rahbari Yosir ar-Rumayan futbol klubi direktorlar kengashining raisi bo‘lgan. Lekin mazkur holat Angliyaning boshqa klublariga yoqmagan va oqibatda 19 ta jamoa bosh ko‘targan.

Klublar premer liga rahbariyatiga arz qilishgan va keyingi haftada tezkor yig‘ilish o‘tkazishni talab etgan. Ular "Nyukasl" nega sotib yuborilgani va bu haqda nimaga juda kam ma’lumot berilganidan norozi bo‘lishgan.

Bundan tashqari, APL klublari liga brendiga putur yetishi, transferlar ko‘tarilishi va futbolchilarning maoshlari oshib ketishidan ham xavotirga tushishgan.

Shu o‘rinda "Nyukasl" yangi bosh murabbiy qidirishga tushgan. Antonio Konte esa bosh murabbiylik taklifini keskin rad etgan.

14 yil davomida "Nyukasl"ning egasi ingliz tadbirkori Maykl Eshli bo‘lib kelgandi. Avgust oyida klubni sotish ishlari APL aralashuvi bilan to‘xtatib qo‘yilgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: APL, klub, bosh ko‘tardi, ishkal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя