Главная » 2017 » Январь » 12 » Apple kompaniyasi eng yaxshi dasturchilaridan birini yo‘qotdi
10:16

Apple kompaniyasi eng yaxshi dasturchilaridan birini yo‘qotdi


Apple kompaniyasida 11 yil davomida Swift  dasturlash tili bo‘yicha bosh arxitektor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Kris Lettner boshqa kompaniyaga ishga o‘tmoqda. Bu haqda “Hitech.vesti.ru” nashri xabar qildi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kris o‘z faoliyatini elektromobillar hamda quvvatlagichlar ishlab chiqarishga asoslangan Tesla kompaniyasining vise-prezidenti sifatida davom ettiradi.
 
“Biz Krisning Tesla’ga o‘tayotganidan juda xursandmiz. U Avtopilot yaratish ishlari bo‘yicha guruh rahbari bo‘ladi va avtonom tarnsportning kelejagini yaqinashtirishda ko‘maklashadi”, deyiladi kompaniyaning bergan ma’lumotida.
 
Bugungacha Tesla kompaniyasining vise-prezidenti lavozimini Jinna Xoseyn egallab kelayotgan edi. Xoseyn nafaqat Tesla balki SpaceX kosmik kompaniyasining ham vise-prezidenti edi. Endilikda u faqat SpaceX kompaniyasida ishlaydi va bor kuchini ushbu tashkilotning kelajagi uchun sarf etadi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Apple, yo‘qotdi, Apple kompaniyasi, birini, eng yaxshi dasturchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя