Главная » 2016 » Декабрь » 13 » Apple kompaniyasi ikkita SIM-kartali iPhone 8’ni chiqaradi
17:08

Apple kompaniyasi ikkita SIM-kartali iPhone 8’ni chiqaradi


Xitoyning Weibo mikrobloglar servisida Apple kelasi yili ikkita SIM-kartali iPhone’ni chiqarishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Nashr eslatishicha, bunday smartfonni Apple shu yilning iyulidayoq patentlab qo‘ygan edi.

AQSh Patentlar va savdo belgilari byurosi e’lon qilgan hujjatda ta’kidlanishicha, smartfon ikkita faol liniya bilan ishlay oladi, ya’ni qurilma bir vaqtning o‘zida ikkita operatorning tarmog‘ida bo‘la oladi. Bunday texnologiya hujjatda Dual SIM Dual Active deb nomlangan.

Boshqa mish-mishlarga ko‘ra, Apple 2017-yilda iPhone’ning bir yo‘la uchta modifikatsiyasini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Katta versiya OLED-displey bilan jihozlanishi va ekran deyarli butun old panelni egallashi taxmin qilinmoqda.

Qolgan ikkita modifikatsiya 4,7 va 5,5 dyuymli ekranlarga ega bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: iPhone 8, ikkita SIM-kartali, Apple kompaniyasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя