Главная » 2017 » Март » 27 » Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
11:37

Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi


Apple korporatsiyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantirish imkonini taqdim etadigan ikki aksessuar patenti uchun ariza berdi. Hujjat AQShning patentlar va savdo belgilari bo‘yicha byurosi saytida e’lon qilingan.

Aksessuarlar iOS-qurilmalar uchun mo‘ljallangan tutqichdan iborat. Dastlabki holatda iPad ekran vazifasini o‘taydi va unga trekpadli klaviatura ulanadi. Ikkinchi aksessuar esa o‘z displeyi bilan ta’minlangan bo‘lib, iPhone’ga mo‘ljallangan hamda trekpad rolini bajaradi.

Hujjatda qayd etilishicha, qurilma to‘laqonli noutbukning tarkibiy qismi hisoblangan videokarta, portlar va boshqa atributlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq uning ishlashi uchun protsessor vazifasini o‘tab beradigan iOS-devays kerak bo‘ladi.

2015-yil oxirida Apple rahbari Tim Kuk iPad’ni MacBook bilan birlashtirib yuborish g‘oyasini tanqid ostiga olgan edi. Uning fikricha, bunday qurilma faqat iste’mol tajribasini buzadi, shu sababli ham kompaniya bunday gadjetni tayyorlashdan manfaatdor emas. Buning o‘rniga kompaniya iPad Pro planshetini noutbuk o‘rinbosari sifatida talqin etadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: noutbukka aylantiradi, iPhone, Apple kompaniyasi, iPad | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя