Главная » 2021 » Сентябрь » 16 » Apple plagiatda ayblandi
22:06

Apple plagiatda ayblandi


Apple yangi mahsulotlarining taqdimoti chog‘ida Apple Watch’ning to‘liq klaviaturasi haqida ma’lum qilgan. U o‘tgan oy App Store’dan o‘chirilgan FlickType ilovasining aniq nusxasi. Bu haqda FlickType dasturchisi Kosta Elefteriu ma’lum qildi.

“Endi biz hamma narsani tushunyapmiz, sudda ko‘rishguncha, Apple”, deb yozgan Elefteriu. 

Elefteriu Apple’ning texnologiyani sotib olishga urinishlari haqida gapirgan. Ta’kidlanishicha, u bu taklifni rad etgan, shundan so‘ng dastur bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshlagan. 

Qayd etilishicha, Elefteriu Apple’ni nusxa ko‘chirish texnologiyasi va adolatsiz raqobat uchun sudga bermoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi mahsulotlarini namoyish qilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ayblandi, plagiatda, Apple | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя