Главная » 2016 » Ноябрь » 15 » Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda
20:40

Apple to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini ishlab chiqmoqda


Amerikaning Apple korporatsiyasi to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklarini yaratish ustida ishlamoqda, deb yozadi “TASS”.

Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha ilk bosqichda bo‘lib, ayni paytda kompaniya tegishli sinovlarni o‘tkazmoqda. Apple loyihaga start bersa va yalpi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaror qilsa, Apple’ning to‘ldirilgan reallikli ilk ko‘zoynaklari eng ertasi bilan 2018-yilda rasman taqdim etilishi  mumkin.

Oddiy linzalar o‘rniga maxsus displeylarga ega bo‘ladigan ko‘zoynak simsiz shaklda iPhone smartfoniga ulanadi. Ikkala displeyda esa tasvirlar, matnlar va boshqa vizual axborot aks etadi, deya taxmin qiladi Bloomberg.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Apple | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя