Главная » 2017 » Апрель » 2 » Aprel boshida yurtimiz bo‘ylab qor yog‘adimi?
08:39

Aprel boshida yurtimiz bo‘ylab qor yog‘adimi?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 1 aprel kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +17... +19, kechasi esa +8... +10 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqadi. Harorat +15... +20, kechasi esa +5...+10 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqadi. Harorat kunduzi +15... +20, kechasi esa +5... +10 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +8... +13, kechasi -2... +3 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +5... +10 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +17... +22, kechasi +7... +12 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qor, Aprel, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя