Главная » 2016 » Ноябрь » 30 » Aqliy faoliyatni yaxshilashni istaganlarga 10 tavsiya
13:39

Aqliy faoliyatni yaxshilashni istaganlarga 10 tavsiya


 Har kuni kitob va gazeta o‘qing. Shuningdek, 20-30 daqiqa davomida biror sport turi bilan shug‘ullaning. Aslo dangasalik qilmang. Bu irodasizlikdan darak.   

Uzoq vaqt davomida televizor ko‘rmang. U sizga umuman keraksiz bo‘lgan ma’lumotlar bilan fikringizni chalg‘itishi mumkin.  

Bir sutkada 6-8 soat davomida uxlang, uyquingiz me’yorida bo‘lsin. Tunda uxlashning iloji bo‘lmasa, bu ishni kunduzi amalga oshiring. To‘liq uyqu salomatlik va sog‘lom fikr garovidir.  

Qon aylanishining yaxshilanishi va miya faollashuvi uchun taomnomangizda sabzi, mayiz va yong‘oq mahsulotlari bo‘lishi shart.  

E’tiborni jamlashda xolin moddasi katta yordam beradi. Bu foydali modda tuxum sarig‘i va jigarda ko‘p bo‘ladi. Qabul qilingan ma’lumotlarni yodda saqlab qolishni istasangiz, V vitamini ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.

Harakatchanlikni oshirish , miya va organizmning normal holatda ishlashi uchun temir moddasi zarur. U esa quyidagi mahsulotlarda ko‘p miqdorda bo‘ladi: yashil olma, anor, qora non. 

Miya normal faoliyat yuritishi uchun tomirlarda nuqson bo‘lmasligi lozim. Bunga erishish uchun esa limon, apelsin va mandarin ko‘proq iste’mol qilish kerak. 

Fikrlash jarayonini yaxshilash va tezlashtirish uchun kalsiy va kaliy lozim. U sut va sut mahsulotlari, o‘rik turshagi va pomidorda ko‘p bo‘ladi. 

Kunda-kun ora yangi g‘oyalar tug‘ilishi, xotira yaxshilanishi va sog‘lom bo‘lishni istasangiz, anjir yeng! Chunki uning tarkibida miyani kislorod bilan ta’minlaydigan modda bor.  

Ziravorlar miya faoliyatini yaxshilashda juda qo‘l keladi. Masalan, zira va zanjabil diqqatni oshiradi, qalampir, murch va zarchava miyadagi qon aylanishini yaxshilaydi. 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Kalsiy, Aqliy faoliyat | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя