Главная » 2020 » Сентябрь » 13 » AQSH HHK generali yirik urushga tayyor turishga chaqirdi
14:27

AQSH HHK generali yirik urushga tayyor turishga chaqirdi


AQSH Harbiy havo kuchlari shtabining yangi boshlig‘i general Charlz Braun Rossiya yoki Xitoy bilan yuzaga keladigan harbiy mojarodagi ehtimoliy yo‘qotishlarni Ikkinchi jahon urushidagi talafot bilan solishtirdi. “Defense News” nashri general hisobotidan parcha keltirdi.

“Rossiya va Xitoy bilan kelajakdagi urushda g‘alaba qozonish uchun kelgusi tahdidlarda naf bermaydigan eski uskuna va dasturlardan voz kechish kerak”, deyiladi hisobotda.

Uning fikricha, byudjetga tushayotgan og‘irlik voz kechib bo‘lmaydigan tizimli murakkab qarorlar qabul qilishga undaydi. Avvalgi qadamlar rasmiy Moskva va Pekinga qarshi javob berolmaydi.

General imkoniyati AQSH bilan tenglasha oladigan mamlakat bilan urush so‘nggi yigirma yilda yuz bermasligini taxmin qilyapti.

“Kelajakdagi urush bizning chegaralardan uzoqda qolmaydi. HHK talafoti Ikkinchi jahon urushi bilan taqqoslanadigan xavfli urushga tayyor bo‘lishi shart”, degan general Charlz Braun.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, generali, chaqirdi, yirik, tayyor turishga, urushga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя