Главная » 2020 » Ноябрь » 22 » AQSh koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi
21:57

AQSh koronavirusga qarshi vaksinatsiya qachon boshlanishini ma’lum qildi


AQShda koronavirusga qarshi vaksinatsiya 11-dekabrda boshlanishi mumkin. Buni AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slaui ma’lum qildi, deb yozadi CNN.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10-dekabr kuni oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasining maslahat qo‘mitasi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Slauining fikricha, vaksina tasdiqlangandan so‘ng 24 soat ichida vaksinatsiya amalga oshiriladigan joylarga yetkazish imkoniyati bo‘ladi.

«Shu bois vaksina tasdiqlanadigan kunning ertasi — 11 yoki 12-dekabr kuni amalga oshishini kutmoqdaman», — deya aniqlik kiritdi Trampning maslahatchisi.

Avvalroq Amerikaning «Moderna» farmatsevtika kompaniyasi direktori Stefan Bansel o‘zlari tayyorlayotgan koronavirusga qarshi vaksinaning narxini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta doza vaksinaning bahosi Yevropa mamlakatlari uchun buyurtma hajmidan kelib chiqib 25 — 37 dollar atrofida bo‘ladi.

«Moderna» kompaniyasining koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasining uchinchi bosqich sinovlari preparat samaradorligini 94,5 foiz darajada ko‘rsatdi. Shunda Bansel preparat ishlab chiqarishning burilish nuqtasini e’lon qildi. «Oraliq tahlil natijalari bizning vaksinamiz COVID-19 bilan kasallanishga chek qo‘yishi mumkinligi haqida birinchi klinik tasdiqni berdi», — dedi u.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Koronavirusga qarshi, AQSH, vaksinatsiya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя