Главная » 2020 » Февраль » 11 » AQSh Oyni o‘zlashtirish dasturlari byudjetini oshirmoqchi
14:16

AQSh Oyni o‘zlashtirish dasturlari byudjetini oshirmoqchi


Oq uy Kongressdan NASA’ning 2021-yil moliyaviy yilidagi kosmosni o‘zlashtirish bo‘yicha 25.2 milliard dollar ajratishni so‘radi. Bu haqda DW xabar berdi.
“Byudjet astronavtlarning Oyga qo‘nishiga imkon beradigan innovatsion dasturlarni moliyalashtirishni oshirishni, shuningdek chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlovchi ilg‘or texnologiyalarni ko‘zda tutadi” deyiladi Oq uy tarqatgan hujjatda.
Oy va Marsni o‘zlashtirishga qaratilgan rejalar
2019-yil mayida NASA boshlig‘i Jim Braydensteyn “Artemida” dasturini e’lon qilgandi. Oyga qo‘nishning birinchi bosqichi 2024-yilda amalga oshiriladi. 
2028-yildan keyin ikkinchi bosqich doirasida Oyda doimiy baza qurish mo‘ljallangan.
AQSh Marsga odamlarni yetkazishni 2033-yildan boshlab joriy qilmoqchi.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя