Главная » 2018 » Январь » 24 » AQSh qirg‘oqlarida Rossiya razvedka kemasi aniqlandi
23:07

AQSh qirg‘oqlarida Rossiya razvedka kemasi aniqlandi


AQSh qirg‘oqlaridagi neytral suvlarda Rossiya razvedka kemasi “Viktor Leonov” aniqlandi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Radiosignallarni tutishga mo‘ljallangan kemani Shimoliy Karolina shtati Uilmington shahridan 160 kilometr janubi-sharqda payqashgan. Hozirgi paytda u USS Cole esminetsi va Amerikaning boshqa kemalaridagi harbiylar tomonidan kuzatilmoqda.

Harbiylar ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta “Viktor Leonov” Trinidad va Tobago poytaxtidan Karib havzasiga yo‘l olgan hamda Kanaveral burni va AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Kings-Beye va Norfolkdagi harbiy bazalari hududida harakatlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, aniqlandi, Rossiya, razvedka kemasi, qirg‘oqlarida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя