Главная » 2021 » Октябрь » 22 » AQSh qo‘shinlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha rasmiy javob berildi
19:30

AQSh qo‘shinlarini O‘zbekistonga joylashtirish bo‘yicha rasmiy javob berildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kecha jurnalistlarning AQSh qo‘shinini O‘zbekistonga joylashtirish haqidagi savoliga javob berib o‘tgan.

«Ayni paytda haqiqat shuki, bunga ehtiyoj yo‘q», deya javob bergan vazir.

Komilov 2002 yilda imzolangan O‘zbekiston - AQSh strategik hamkorligi haqidagi deklaratsiya va Shavkat Mirziyoyevning 2018 yilda AQShga tashrifi doirasidagi hujjatlarni ham eslab o‘tgan.

Bu masala bir necha oydan beri ochiq qolayotgan edi. Xususan, Abdulaziz Komilovning Pentagonda muzokaralar o‘tkazishi, AQSh mudofaa vaziri yordamchisining Toshkentga kelishi shunday shubhalarni uyg‘otayotgan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonga, qo‘shinlarini, AQSH, joylashtirish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя