Главная » 2020 » Апрель » 23 » AQSH. Ramazon oyida Minneapolisda azon ovoz kuchaytirgichlarda aytiladi
14:36

AQSH. Ramazon oyida Minneapolisda azon ovoz kuchaytirgichlarda aytiladi


Musulmon mamlakatlaridan farqli o‘laroq, Amerika Qo‘shma Shtatlarida namozga chaqiriq ya’ni azon faqat masjidlar yonida eshitilishi mumkin – azon ovozi odatda masjidlardan tashqariga eshittirilmaydi. Ammo bu yilgi Ramazonda, davlatdagi karantin sharoitida, Amerikaning Minneapolis shahridagi musulmonlar o‘z uylaridan chiqmasdan azonni eshitish uchun ajoyib imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Mahalliy musulmon jamoatchiligi va shahar ma’murlari o‘rtasidagi kelishuvga binoan, Ramazon oyida "Dorul-Hijra" Islom markazi butun hududga azonni eshittirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ibodatga chaqiruvlarni uzatishga shahar meri Jeykob Frey ruxsat berdi deya xabar bermoqda MPRNews . Audio uskunalarni sotib olish uchun mablag‘ni Amerika-Islom munosabatlari kengashi, musulmon huquqlari tashkiloti (CAIR) to‘ladi.  Endi butun Ramazon oyi davomida "Dar al-Hijra" masjidi atrofida yashovchilar mahalliy hokimiyat tomonidan ruxsat etilgan maksimal darajadagi ovozda namozga bo‘lgan chaqiriqni, azonni eshita olishadi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Minneapolisda, kuchaytirgichlarda, AQSH, Ramazon, oyida, azon ovoz, aytiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя