Главная » 2020 » Февраль » 23 » AQSh Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda aybladi
17:38

AQSh Rossiyani koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlar tarqatishda aybladi


Rossiya koronavirus bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish bo‘yicha kampaniyani avj oldirmoqda. Bu haqda AQSh mansabdorlariga tayanib, Guardian ma’lum qildi, deya xabar berdi “RBK”.

Ularning aytishicha, Twitter, Facebook va Instagram’dagi feyk akkauntlar aynan Qo‘shma Shtatlar virus yaratilishi ortida turgani va koronavirus Markaziy razvedka boshqarmasi ishlab chiqqan biologik qurol ekanligi haqidagi ma’lumotlarni tarqatgan.

“Koronavirus haqida yolg‘on xabarlarni tarqatib, rossiyalik bo‘htonchilar jamoatchilikni xavotirga solib, butun dunyo bo‘ylab shifokorlar kasallikka qarshi kurash bo‘yicha olib borayotgan harakatlardan chalg‘itmoqda. Bunday kampaniyalar tashkilotchilari jamiyatni sarosimaga solish va AQSh hokimiyat tuzilmalariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishga urinmoqda”, — dedi AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha o‘rinbosari Filip Reker.

AFP agentligiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada turli taxminlar tarqalgan. Ulardan birida keltirilishicha, koronavirus Xitoy iqtisodiyotiga zarba berish uchun AQSh tomonidan ishlab chiqilgan. Ikkinchi taxminga ko‘ra, virusga sog‘liqni saqlash dasturlariga milliardlab dollar sarflagan Microsoft rahbari Bill Geyts aloqador.

Ijtimoiy tarmoqlarda ingliz, nemis, ispan va franszuz tillaridagi xabarlarning barchasi bir xil mazmunda bo‘lgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi mamlakatda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 97 kishini tashkil etib, vafot etganlar jami soni 2442 kishiga yetgan. Butun mamlakat bo‘ylab vafot etganlarning jami soni 2345 kishiga yetdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirusdan halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi. Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma'lum qilingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя