Главная » 2021 » Октябрь » 23 » AQSH Suriyada “Al-Qoida” rahbarini yo‘q qildi
10:33

AQSH Suriyada “Al-Qoida” rahbarini yo‘q qildi


Amerika Qo‘shma Shtatlari Suriyada havo hujumi uyushtirdi, oqibatda “Al-Qoida” terrorchilik guruhining yuqori martabali rahbari o‘ldirildi. Bu haqda AQSH Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi xabar bergan.  

"Bugun Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida amalga oshirilgan havo hujumida “Al-Qoida”ning yuqori martabali yetakchisi Abdul Hamid al-Matar halok bo‘ldi. Bizda havo hujumida yaralangan tinch aholi haqida ma’lumot yo‘q. Havo hujumi MQ-9 (dron) yordamida amalga oshirildi”, deyilgan qo‘mondonlik xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi oxirida AQSH harbiylari Suriyaning shimoli-g‘arbida “Al-Qoida” guruhi rahbarlaridan biriga hujum qilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: rahbarini, AQSH, Suriyada, yo‘q qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя