Главная » 2020 » Август » 31 » AQSh tibbiyotidagi jiddiy reforma yoxud 18 yoshli yigit bir umrlik nogironga aylandi
20:01

AQSh tibbiyotidagi jiddiy reforma yoxud 18 yoshli yigit bir umrlik nogironga aylandi


Janubiy Floridada 1980 yilda sodir bo‘lgan bu voqea juda ham afsuslanarli. 18 yoshdagi kubalik Villi Ramires kutilmaganda boshi kuchli aylanayotgani va qattiq og‘riyotganini aytdi. Holat shu qadar jiddiy ediki, uning ko‘rishi va fikrlashida ham me’yor buzilgandi. Birozdan so‘ng esa u xushini yo‘qotdi.

Bir necha soat avval yigit kafeda tushlik qilganidan xabardor bo‘lgan uning onasi, o‘g‘lim ovqatdan zaharlangan, degan gumonga bordi. Ammo ingliz tilini yaxshi bilmasligi tez yordam shifokoriga vaziyatni to‘g‘ri yetkazib bera olishida qiyinchilik tug‘dirdi.

Tushuntirish mobaynida ona – ispan tilidagi «intoxicado» (tarjimada: zaharlanish) so‘zini qo‘lladi. Lekin ingliz tilida alkogol yoki giyohvand modda dozasi ortib ketishidan kelib chiqadigan holatni ifodalaydigan «intoxicated» so‘zi borligi shifokorni chalg‘itib qo‘ydi. Tez yordam shifokori yigitchani bo‘limga yetkazar ekan, o‘zi tushungan tashxisni bildirdi va bemorni aynan mana shu tashxisga ko‘ra davolay boshlashdi.

Aslida esa yigitda gemorragik insult kuzatilayotgan edi. Bunday kasallik bunday yoshdagi odamda kuzatilishi nihoyatda kam uchragani uchun ham hech kim buni taxmin qilib ham ko‘rmadi.

Noto‘g‘ri tashxis natijasidagi «davo» insult tana sholligini keltirib chiqaradigan darajagacha ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Xatolik tufayli oilaga 71 mln dollar miqdorida kompensasiya to‘lab berildi, lekin yigit nogironligicha qoldi.

Nimaiki bo‘lsa – yaxshilikka, deyilganidek, bu hol AQSh tibbiyotidagi jiddiy reformalarga sabab bo‘ldi, pasiyentlarga xizmat ko‘rsatish tartibi esa tubdan o'zgartirildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tibbiyotidagi, nogironga aylandi, yoxud, jiddiy reforma, Yigit, bir umrlik, AQSH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя