Главная » 2018 » Май » 10 » AQSh xonanda Rayhonga viza bermadi
21:46

AQSh xonanda Rayhonga viza bermadi


AQShda o‘zbek xonandalariga qiziqish katta. Avvallari bu mamlakatda konsert berish borasida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning oshig‘i olchi edi. Xonanda qo‘shma shtatlarda yiliga bir necha bor konsert dasturlarini taqdim etardi. Bugun Yulduz Usmonovaning safi kengaygan.

Yaqinda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ulug‘bek Rahmatullaev va Og‘abek Sobirov AQShning bir necha shtatlarida konsert dasturlarini taqdim etib qaytishgandi.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rayhon G‘aniyev, Ziyoda Qobilova va xonanda Shohruhxon joriy yilning 12 may kuni AQShning Bruklin shtatida konsert dasturini taqdim etishga otlanayotgani xabar qilindi. Internet orqali konsert reklamalari tarqatildi.

Biroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyev ushbu konsertda ishtirok etmaydi. Boisi xonandaga AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan viza berilmagan. Bu haqda xonandaning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali ma’lum qildi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Rayhon, AQSH, Xonanda, viza, bermadi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя