Главная » 2019 » Декабрь » 28 » AQShda 21 yoshgacha bo‘lganlarga tamaki mahsulotlari sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi
19:07

AQShda 21 yoshgacha bo‘lganlarga tamaki mahsulotlari sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi


AQShda 21 yoshgacha bo‘lganlarga tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda 28-dekabr kuni AQSh oziq-ovqat va giyohvand moddalar ma’muriyati (FDA) matbuot xizmati ma’lum qildi.

18 yoshdan 21 yoshgacha tamaki mahsulotlarini sotishni taqiqlash uchun yosh chegarasining oshishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan shu yil 20-dekabrda imzolangan. Qonunchilik tashabbusining o‘zi davlat rahbari tomonidan 2019-yil noyabr oyida ilgari surilgan edi.

Endi AQShning barcha savdo nuqtalarida 21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga tamaki mahsulotlarini, shu jumladan sigaretalar, sigaralar va elektron sigaretlarni sotish taqiqlanadi.

Shunga o‘xshash norma allaqachon AQShning bir qator shtatlarida, jumladan Kaliforniya, Tyexas, Nyu-York va Kolumbiya poytaxtida amal qilmoqda. Endi qonunchilik normasi mamlakatning boshqa hududlariga ham tatbiq etildi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя