Главная » 2020 » Июнь » 27 » AQSHda 51-shtat paydo bo‘lishi mumkin
12:04

AQSHda 51-shtat paydo bo‘lishi mumkin


AQSHda yaqin vaqtlarda 51-shtat paydo bo‘lishi mumkin. Amerika Kongressining Vakillar palatasi kecha, 26 iyun kuni Kolumbiya okrugi (poytaxt Vashington shahri)  ga shtat maqomini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Loyihani 232 nafar kongressmen ma’qulladi va 180 nafari qarshi bo‘ldi.

Loyihani Demokratlar partiyasi vakillari qo‘llab-quvvatladi (bir demokratdan tashqari) va Respublikachilar partiyasi vakillari qarshi ovoz berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, Vashington shahri hududi Oq uy, Oliy sud, Kongress va shunga o‘xshash federal binolardan iborat uncha katta bo‘lmagan rayon bilan cheklanadi. Shaharning qolgan hududi esa alohida ellik birinchi shtat maqomini oladi.

Qonun loyihasi Demokratik partiya vakili Eleonor Xolms Norton tomonidan ilgari surilgan. U yangi shtat tashkil qilish siyosiy va demografik asosga ega ekanini ta’kidlayapti.

Loyiha kuchga kirishi uchun uni yuqori palata Senat ma’qullashi va Prezident Donald Tramp imzolashi kerak bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, “AQSHning 51-shtati” allaqachon atama darajasiga chiqqan. Bu Amerikaning navbatdagi shtati bo‘lishga da’vogar hududlarga nisbatan umumiy qo‘llaniladi. “51-shtat” atamasi Kolumbiya okrugidan tashqari, Puyerto-Riko, Avstraliya, Meksika, Iroq, Buyuk Britaniya, Isroilga nisbatan ham qo‘llaniladi.

Kolumbiya okrugiga shtat maqomini berishni hudud aholisi qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ularga Kongressda o‘z vakiliga ega bo‘lish imkonini beradi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQShda, paydo bo‘lishi mumkin, 51-shtat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя