Главная » 2017 » Июль » 8 » AQShda ayol turmush o‘rtog‘i va 4 nafar bolasini pichoqladi
18:46

AQShda ayol turmush o‘rtog‘i va 4 nafar bolasini pichoqladi


6 iyul kuni AQShning Jorjiya shtati Guinnett hududidan 10 yoshga to‘lmagan to‘rt nafar bola va bir erkakning jasadi pichoqlab ketilgan holatda topilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, polisiya xodimlari halok bo‘lganlar jasadini chorshanba kuni o‘z uylaridan topishgan. Halok bo‘lganlardan tashqari yana bir bola jiddiy jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Polisiya qurbon bo‘lgan bolalar jinoyatchisi sifatida ularning onasini gumon ostiga olgan. Bolalar yoshi aniq keltirib o‘tilmagan bo‘lsa-da, 10 yoshga to‘lmaganini polisiya tasdiqladi.

Shuningdek, polisiya o‘ldirilgan erkak bolalarning otasi ekanini ham ta’kidlab o‘tdi. Gumondor ayolning nima sababdan bu ishga qo‘l urgani hozircha ma’lum etilmadi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: 4 nafar, pichoqladi, bolasini, Ayol, AQShda, turmush o‘rtog‘i | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя