Главная » 2016 » Ноябрь » 5 » AQShda bemor qiz jigarini bergan donorga turmushga chiqdi
14:37

AQShda bemor qiz jigarini bergan donorga turmushga chiqdi


Kanada fuqarosi Kris Dempis hamkasbining jiyani betob ekani haqida eshitib qoladi. Qizning jigarini almashtirish uchun donor kerak bo‘ladi.
 
U shifoxona to‘shagiga mixlanib qolgan. Qiz uchun jigarini bermoqchi bo‘lgan donorlar ham ko‘p edi.
 
Biroq, yordam berishga hammadan birinchi Dempis shoshildi. Va bir necha hafta ichida gospitalda holsiz yotgan Xazer bilan ko‘rishdi. Ularning jigar almashtirish operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshdi.
 
Reabilitatsiya davrida ikki yosh ko‘p vaqtni birga o‘tkazdi. Bir yildan so‘ng esa ular turmush qurishga qaror qildi.
 
“Agar o‘shanda notanish qizga yordam bermaganimda, men kelajakdagi ayolimni qutqarib qolmagan bo‘lardim”, deydi Kris Dempis.

Muxtorbek Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: turmushga chiqdi, AQSH, Donor, jigarini bergan donor, bemor qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя