Главная » 2022 » Август » 5 » AQShda favqulodda holat eʼlon qilindi
10:30

AQShda favqulodda holat eʼlon qilindi


Kecha, 4 avgust kuni Qo‘shma Shtatlar maymun chechagini sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda holat deb eʼlon qilishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vaziri Xaver Beserra maʼlum qilgan.

"Biz ushbu virusga qarshi chora-tadbirlarimizni keyingi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", deydi u, Qo‘shma Shtatlarda maymunchechak bilan kasallanganlar soni 6 600 dan oshganini qo‘shimcha qilib.

Besser, shuningdek har bir amerikalikni epidemiyaga qarshi kurashda yordam berish uchun "maymun chechagiga jiddiy qarashga va masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga" chaqirgan.

AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari rahbari Roshel Valenskining so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat joriy qilinishi xavf ostida bo‘lganlar uchun tibbiy yordam olish imkoniyatini kengaytirishi mumkin.

Aytish joizki, Joriy yilning 23 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maymun chechagi kasalligini sog‘liqni saqlash uchun global favqulodda holat (FH) deb eʼlon qildi. O‘sha vaqtga 75 mamlakatda 16 000 dan ortiq holat maʼlum edi. Ko‘plab holatlar Yevropa va Amerikada aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropada maymun chechagidan birinchi o‘lim holati Ispaniyada, Osiyoda esa Hindistonda qayd etilgan edi. 

Maʼlumot o‘rnida, maymun chechagi kam uchraydigan virusli kasallik bo‘lib, asosan yovvoyi hayvonlardan odamlarga yuqadi. Kasallikning belgilari isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, limfa tugunlari shishishi, titroq va charchoqni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yuz va tananing boshqa qismlarida teri toshmasi ham paydo bo‘lishi mumkin. JSST maʼlumotlariga ko‘ra, maymun chechagi epidemiyasi uchun o‘lim darajasi odatda 1 foizdan 10 foizgacha, o‘limning aksariyati yosh guruhlarda sodir bo‘ladi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Holat, qilindi, favqulodda, eʼlon, AQShda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя