Главная » 2021 » Январь » 13 » AQShda ilk bor ayol qatl etildi: "Qo‘rqinchli Liza" qanday jinoyat sodir etgan edi?
21:36

AQShda ilk bor ayol qatl etildi: "Qo‘rqinchli Liza" qanday jinoyat sodir etgan edi?


AQSh hukumati 70 yil ichida birinchi marta ayolga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini ijro qildi, deb xabar qildi The New York Times.

Sudlangan Liza Montgomeri 2004 yilda homilador ayolni o‘ta shafqatsiz o‘ldirishda aybdor deb topildi.

Oldinroq sud hukmi 8 dekabr kuni Indiana shtatida ijro etilishi rejalashtirilgan edi. Keyinchalik, sud qarori bilan ijro 12 yanvarga qoldirilgandi.

11 yanvar kuni Indiana shtatidagi sud Montgomeri o‘lim jazosini federal ijro etishni ruhiy muammolari sababli qoldirilgandi. Biroq AQSh Oliy sudi 12 yanvar kuni kechqurun o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat berib, qarorni rad etdi.

Montgomerini qatl etilishi Indiana shtatidagi Terre Xeyt qamoqxonasida o‘ldirish in’eksiya bilan amalga oshirilgan. Ayolning o‘limi 13 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 01:31 da (Moskva vaqti bilan 09:31) qayd etildi.

Montgomerining advokati Kelli Anrining aytishicha, AQSh hukumati "ruhiy kasallik"dan aziyat chekayotgan uning mijozini qatl etish bilan qonunni buzdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Ayol, jinoyat, Qo‘rqinchli, Liza, AQShda, ilk bor, qatl | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя