Главная » 2020 » Февраль » 26 » AQShda koronavirusdan vaksina odamlarda sinala boshlanadi
08:15

AQShda koronavirusdan vaksina odamlarda sinala boshlanadi


AQShning Moderna biotexnologik kompaniyasi yangi turdagi Covid-19 koronavirusidan mRNA-1273 deb nomlangan vaksinani taqdim qildi. Vaksina odamlarda apreldan boshlab sinalishi rejalashtirilmoqda. 

Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilingan.

Ta'kidlanishicha, vaksinalar solingan ampulalarning ilk partiyasi odamlarda sinash uchun AQShning allergik va yuqumli kasalliklar tadqiqot institutiga (NIAID) jo‘natilgan.

Qayd qilinishicha, vaksina rekord muddatda – koronavirus genomi aniqlangandan 42 kun ichida yaratilgan. Uni yaratish ustida yuzlab mutaxassislar ishlagan.

NIAID direktori Entoni Fosining ma'lum qilishicha, vaksina sinalishi aprelda boshlanishi kerak. Buning uchun 20-25 nafar sog‘lom ko‘ngilli taklif qilinadi. Ularga vaksinaning xavfsizligini va virusdan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan immun javob shakllanishini baholash maqsadida vaksinaning 2 dozasi kiritiladi.

Ta'kidlanishicha, sinovlarning ilk natijalari iyul yoki avgustda paydo bo‘lishi mumkin. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, vaksina bir necha oydan keyin keng qo‘llana boshlanadi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan kasallanganlar soni 77658 nafarga, butun dunyo bo‘ylab esa 80098 nafarga yetdi. Vafot etganlar soni Xitoyda 2663 nafarni, butun dunyo bo‘ylab esa 2702 nafarni tashkil qilmoqda.  

Hozirda bir nechta davlatlarda koronavirusga qarshi vaksinani yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Avvalroq Xitoyda koronavirusga qarshi samarali vaksina ishlab chiqilgani, biroq uni hali sinovdan o‘tkazish va oxirigacha yetkazish kerakligi ma'lum qilingandi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя