Главная » 2020 » Март » 31 » AQShda koronavirusga chalinganlar bezgakka qarshi dori vositalari bilan davolanadi
14:04

AQShda koronavirusga chalinganlar bezgakka qarshi dori vositalari bilan davolanadi


AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi koronavirusga chalinganlarni bezgakka qarshi vositalar “Gidroksixloroxin” va “Xloroxin” bilan davolashga ruxsat berdi.

“Bu dorilar shifokorlar ularni klinik tashxis o‘tkazish mumkin bo‘lmagan holatlarda vaziyatdan kelib chiqib o‘smirlar va katta yoshli bemorlarga tayinlay olishi uchun milliy strategik zaxiradan shtatlarga taqsimlanadi”, deyilgan boshqarma xabarida.

AQShning sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi bemorlarni davolash uchun “Gidroksixloroxin sulfat”dan 30 mln doza va “Xloroxinfosfat”dan bir million doza olganini ma'lum qilgan. 

“Ayni vaqtda koronavirusni davolashning tasdiqlangan usullari bo‘lmasa-da, bu ikkala vosita koronaviruslarni, jumladan COVID-19’ni davolashda samarali ekanini ko‘rsatgan”, deyilgan vazirlikda. 

Ayni vaqtda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi: mamlakatda undan kasallanganlar soni 164 mingdan ko‘proqni, vafot etganlar soni 3167  nafarni tashkil qilmoqda.  


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя