Главная » 2020 » Август » 24 » AQShda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi
21:08

AQShda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi


Qayd etilishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

AQShda bir guruh tadqiqotchilar koronavirusga qarshi burun orqali kiritiladigan vaksina yaratishdi, deb yozmoqda Cell jurnali.

Vaksina burun orqali organizmga kiritilganidan so‘ng infeksiya bilan kurashishni boshlaydi. uni Sent-Luisdagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari ixtiro qildi.

Nashrning yozishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

 Olimlarning ta'kidlashicha, preparat infeksiyaning yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va pandemiyaning tarqalish tezligini pasaytiradi.

 Vaksina hozircha faqat sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQShda, Koronavirusga qarshi, vaksina yaratildi, g‘ayrioddiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя