Главная » 2020 » Июнь » 28 » AQShda o‘zini koronavirusdan himoya qilmoqchi bo‘lgan kishi ko‘r bo‘lib qoldi, 3 kishi vafot etdi, yana 3 nafari og‘ir ahvolda
16:32

AQShda o‘zini koronavirusdan himoya qilmoqchi bo‘lgan kishi ko‘r bo‘lib qoldi, 3 kishi vafot etdi, yana 3 nafari og‘ir ahvolda


AQShning Nyu-Meksiko shtatida 3 kishi qo‘l uchun mo‘ljallangan antibakterial vositani ichganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda 26-iyun, juma kuni shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib KOAT telekanali xabar berdi.

Bundan tashqari, bir kishi butunlay ko‘r bo‘lib qolgan, yana uch nafari og‘ir ahvolda. Bunga antiseptik tarkibida zaharli metil spirti bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Shtat rasmiylarining bildirishicha, yuqoridagi holatlar may oyida sodir bo‘lgan.

Koronavirus pandemiyasi sharoitida AQShda antibakterial gellar keng tarqaldi. Amerikaliklar ularni har doim o‘zlari bilan olib yuradi. Shuningdek, ko‘plab jamoat joylari va do‘konlarda gelli idishlar o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Tramp koronavirusni nur va dezinfeksiya vositalari bilan davolashni taklif qilgan, shifokorlar uni bu yo‘ldan qaytargandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vafot etdi, koronavirusdan himoya qilmoqchi, AQShda, ko‘r bo‘lib qoldi, og‘ir ahvolda, o‘zini, bo‘lgan kishi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя