Главная » 2020 » Июнь » 27 » AQShda rasman koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi
13:02

AQShda rasman koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi


AQShda rasman koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda The Time nashri xabar qildi.

“Payshanba kuni 37 077 ta koronavirus yuqtirib olish holati aniqlandi: bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichi”, - deyilgan xabarda.  

Texas, Kaliforniya, Floridada kunlik o‘sish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi.

Gubernatorlar karantin cheklovlarini asta-sekin yumshatish boshlagandi.

Florida gubernatori Ron Desantisning so‘zlariga ko‘ra, holatlarning o‘sishi virusga test olish soni ko‘payganiga bog‘liq. Ammo tanqidchilar esa karantin choralarining yumshatilishi - asosiy rol o‘ynadi, deb hisoblashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda 2,51 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 127 000 kishi vafot etdi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: koronavirusning, AQShda, rasman, boshlandi, ikkinchi to‘lqini | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя