Главная » 2017 » Январь » 30 » AQShda tanasining rangi ikki xil bo‘lgan egizaklar tug‘ildi
11:24

AQShda tanasining rangi ikki xil bo‘lgan egizaklar tug‘ildi


AQShda juda kam uchraydigan hodisa, tanasining rangi ikki xil bo‘lgan egizaklar dunyoga keldi, deb xabar beradi “Onedio.ru” nashri.

Ikki xil irqqa tegishli ota-onadan tanasining rangi ikki xil tug‘iladigan egizaklar 500 ta holatdan bittasiga to‘g‘ri keladi.

AQShning Massachusets shtatida yashovchi Din-Meyerlar oilasida 2016 yilning 23 aprel kuni egizak qizaloqlar dunyoga keldi.

Egizaklarning otasi - Tomas Din afroamerikalik, onasi - Uitni Meyer esa asli kavkazlikdir.

Egizaklarning tug‘ilishi ularning ota-onasi uchun syurpriz bo‘lgan bo‘lsa, qizaloqlar tanasining ikki xil rangdaligi ularni hayratga soldi. Egizaklardan biri otasining, ikkinchisi esa onasining genini olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki xil irqqa mansub ota-onadan bunday egizaklarning dunyoga kelishi 500 tadan bittaga to‘g‘ri kelar ekan!

Qizaloqlardan birining tana rangi oq, ko‘zlari moviy bo‘lsa, ikkinchisi esa bug‘doyrang va ko‘zlari jigarrangdir.

Ikki xil irqqa mansub egizaklarning suratini uning onasi Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga joylashtirdi. Ular birpasda Internet yulduzlariga aylandi.

Qizaloqlarning ismi Kalani va Jarani bo‘lib, ular hozir 9 oylik bo‘ldi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: AQSH, ikki xil, bo‘lgan, egizaklar tug‘ildi, tanasining rangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя