Главная » 2020 » Апрель » 7 » AQShda yana bir O‘zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi
11:17

AQShda yana bir O‘zbekiston fuqarosi koronavirusdan vafot etdi


O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti axborotiga ko'ra, 22 mart kuni yurtdoshimizda kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi. Uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan bo‘lgan.

Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turgani ma’lum qilindi.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diaspora tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etdi.

Avvalroq, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.


Manba: "sof.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя